Foydalanish shartlari
Bu shartlar baribor.uz saytidan foydalanish va xarid qilish uchun amal qiladi. Saytdan foydalanish orqali siz quyidagi shartlarga roziligingizni bildirasiz.
Buyurtma
- Buyurtma sayt orqali yoki telefon orqali qabul qilinadi
- Buyurtma tasdiqlanganda biz siz bilan bog'lanamiz
- Mahsulotni yetkazib berishdan oldin uni bekor qilishingiz mumkin
To'lov
To'lov mahsulotni olganda — naqd pul yoki karta orqali. Oldindan to'lov qilish talab qilinmaydi. Mahsulotni qabul qilishdan oldin uni tekshirib ko'rishingiz mumkin.
Yetkazib berish
Buyurtmalar O'zbekiston bo'ylab yetkazib beriladi. Toshkent shahrida 1 kun, viloyat markaziy shaharlariga 1-2 kun, uzoq tumanlarga 3-5 kun ichida. Yetkazib berish narxi mahsulotni qabul qilishdan keyin to'lanadi. 500 000 so'mdan ortiq buyurtmalarda yetkazib berish bepul.
Qaytarish
- Mahsulotga 1 oy kafolat beriladi
- Shu muddat ichida hech qanday sababsiz qaytarish yoki almashtirishingiz mumkin
- Mahsulot asl holatda bo'lishi kerak (ishlatilmagan, original o'rashda)
- Qaytarish uchun: Telegram: @sarashop_admin
Mas'uliyat
Biz mahsulot tavsifi va rasmlari aniq bo'lishiga harakat qilamiz, lekin ranglar ekran kalibratsiyasiga bog'liq holda biroz farq qilishi mumkin. Mahsulotning sifati zavod tomonidan kafolatlanadi.
Saytdan foydalanish
Saytni avtomatlashtirilgan vositalar (botlar, parserlar) bilan ishlatish yoki saytni buzishga uringan harakatlar man qilinadi. Bunday harakatlar aniqlangan taqdirda foydalanuvchining IP-manzili bloklash mumkin.
O'zgarishlar
Ushbu shartlar vaqti-vaqti bilan yangilanishi mumkin. Eng so'nggi versiyasi har doim shu sahifada nashr qilinadi.