Tavsif
📈 Pulsokximetr — bu kichik, ammo juda foydali qurilma bo‘lib, u barmoq orqali kislorod darajasi (saturatsiya), yurak urish tezligi va puls ritmini tez va oson o‘lchaydi.
🌡️ Sog‘lom odamda saturatsiya darajasi odatda 95% va undan yuqori bo‘ladi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda esa 93% dan boshlanadi. Qurilma raqamli, yorqin displeyga ega bo‘lib, har qanday yorug‘likda qulay foydalaniladi.
🖐️ Pulsokximetrni barmog‘ingizga taqishingiz bilan avtomatik ishga tushadi, o‘lchovlarni bajaradi va biroz vaqtdan so‘ng o‘zi o‘chadi.
Batareyka orqali ishlaydi, sayohat, ish yoki uyda foydalanish uchun ideal.