00492 · O'yinchoqlar
Narxi
160 000 so'mTavsif
O‘lchamlari: 68 х 50 sm Vazni: 140 gramm
Material: toksik bo‘lmagan, gipoallergen
To‘ldirish: suv yoki havo
Foydasi: motorika va mushaklarni rivojlantiradi
Tavsiya: suvni har 2-3 kunda almashtirish
Bolalar uchun "Suv osti olami" akva gilamchasi bolani interaktiv tarzda rivojlantirish uchun mo‘ljallangan. Bu gilamcha bolangizning e’tiborini uzoq vaqt davomida o‘ziga tortadi, chunki ichida joylashgan rang-barang baliq va suv osti jonivorlari diqqatni jalb qiladi. Akva gilamcha yuqori sifatli, gipoallergen va toksik bo‘lmagan materiallardan tayyorlangan bo‘lib, bola uchun xavfsizdir.
Uning yordamida bola tanasining turli mushaklari – orqa, bo‘yin, qo‘l va oyoqlar mustahkamlanadi, bu esa ularning qayrilish, emaklash va o‘tirish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhimdir. Mahsulotni suv yoki havoga to‘ldirib ishlatish mumkin, lekin suv bilan o‘yinlar ko‘proq qiziqarli bo‘ladi. Suvni har 2-3 kunda yangilab turing va mahsulotni uchdan biriga to‘ldirish tavsiya etiladi. Kichik o‘lchamlari sabab gilamcha sayohatga olib borish uchun juda qulaydir