00301
Narxi
1 105 000 so'mTavsif
Velo-trenajer falajlik, infarkt va insultdan keyin harakatni tiklash uchun tavsiya qilinadi, shuningdek, ozish va mushaklarni baquvvat qilish uchun ishlatiladi.
Elektr motor yordamida qo'l va oyoqlarni harakatlantirish, mushaklarni mustahkamlash imkonini beradi.
5 xil tayyor mashg'ulot dasturi va 12 xil tezlik rejimlari mavjud.
Mashg'ulot davomida tezlik, aylanishlar soni, kaloriya, masofa va vaqt ma'lumotlarini ko'rsatuvchi displey bor.
Pedallar qo'l va oyoq kattaligiga moslashishi va ularni mahkamlab qo'yish imkoniyati bilan qulaydir.
Ushbu velo-trenajer falajlik, infarkt va insultdan keyin harakatni tiklash uchun tavsiya qilinadi. Shuningdek, undan ozish va mushaklarni baquvvat qilish uchun foydalanish ham mumkin.U elektr yordamida ishlaydigan motor bilan jihozlangan bo’lib, qo’l va oyoqlarni harakatlantirish uchun xizmat qiladi. Shu tariqa mushaklarning kuch nuqtalariga ta’sir ko’rsatib, ularning faoliyati va mustahkamligi tiklanadi.Trenajer boshqaruv pultiga ega bo’lib, uni joyida olib ishlatish ham mumkin. Unda tayyor 5 xil mashg’ulot programmalari mavjud va ular asosida mashg’ulotlar olib borish mumkin.Bundan tashqari ixtiyoriy ravishda 12 xil tezlikdan birini tanlash va 1-15 daqiqa oralig’ida shug’ullanish vaqtini belgilash ham mumkin.Boshqaruv pultida displey o’rnatilgan bo’lib, unda mashg’ulotlar qanday davom etayotgani – tezlik, aylanishlar soni, sarflangan kaloriya, bosib o’tilgan masofa hamda vaqtini ko’rib turish mumkin.Trenajer pedallari qulay ishlangan bo’lib, uni qo’l va oyoq kattaligiga moslash mumkin. Shuningdek, pedal yordamida qo’l va oyoqni qisib, mahklab qo’yish imkoni ham mavjud.